Qish bilan
bahor jangi � ayamajuz kechalaridan birida men sizlarga Amir
Temur haqidagi afsonalarning birini hikoya qilib berish uchun
qo�limga qalam oldim.
Bu afsonani to�qiganlar unga qanday
nom berganlaridan bexabarman, men uni �Amir Temur o�g�lining
o�limi� deb atadim. Menga uni bir do�stim gapirib bergan edi, do�stimning
aytishicha, bu qadim afsonani u talabalar shaharchasida yashagan
afg�onlardan eshitgan ekan.
Afsonani hikoya qilib berishdan
avval, ikki narsa haqida biroz bo�lsa-da, to�xtalib o�tmoqchiman.
Eng avvalo, �afsona o�zi nima?�, degan savolga javob izlamoqchiman.
Odatimni kanda qilmagan tarzda, o�zining nomukammalligi bilan
mashhur �O�zbek tilining izohli lug�ati�ga qarayman. Mana,
lug�atning 1 jild 63-betidagi �Afsona� so�ziga yozilgan izoh. �1.
Avloddan avlodga, og�izdan og�izga o�tib kelgan fantastik, ba�zan
diniy mazmundagi hikoya, rivoyat, doston� 2. Ko�chma: asossiz gap,
yolg�on-yashiq uydirma� 3. Ko�chma: aql bovar qilmaydigan, aqlga
sig�maydigan mislsiz narsa, ish�.
��Afsonaviy� so�ziga oid izoh:
�1. Afsona janriga mansub bo�lgan, fantastik. 2. Faqat afsonalarda
mavjud bo�lgan, odatda yo�q, xayoliy. 3. Ko�chma: Uydirma, to�qima.
4. Ko�chma: Aql bovar qilmaydigan, aqlga sig�maydigan, misli
ko�rilmagan, mislsiz�.
Agar e�tibor bergan bo�lsangiz,
bu izohlarga �uydirma� so�zi asos qilib olingan. Aslida, shundaymikan?
Bir o�ris shoiri �Afsona � bu haqiqatning siniq parchalaridir� deb
yozgan edi. Agar, �afsona� so�ziga izoh bering desalar, men mana
shu so�zni takrorlagan bo�lardim. Zero, har qanday xayoliy yoki
to�qima afsona ham aslida sodir bo�lgani aniq, ma�lum bir
tarixiy shaxs hayoti bilan uzviy bog�liq bo�ladi. Bobil minorasining
qurilishi, Nuh to�foni yoki Samarqanddagi Shohizinda mozori bilan
bog�liq afsona bo�lsin, ularning har birining asosida tarixiy dalil
- haqiqat yotgan bo�ladi. Shuning uchun ham juda ko�p qadimiy
bitiklarimiz quyidagi jumla bilan boshlangan: �Bul hikoyat agarchi
afsona tusida ersa-da, ul haqiqatdan yiroq emasdur�.
Ingliz adibi Chesterton bitganidek,
afsona har qanday dalildan ham tarixiyroqdir. Dalil yolg�iz bir
odam haqida so�z yuritsa, yoki u odamlar qatnashgan voqea
haqida ma�lumot bersa, afsona yuzlab va millionlab odamlar taqdiri
haqida, voqeani yuzaga chiqargan odamlar haqida hikoya qiladi. Dalil
ba�zan zamon almashishi bilan o�z mohiyatini, o�z rangini o�zgartirishi
mumkin, ammo afsona abadiy o�zgarmas haqiqatdir. Tarix faqat xalq
xotirasi ramzi bo�lmish asotirlar (afsona va rivoyatlar) yordamidagina
moziy mohiyatini, demak uning yuragini kashf eta oladi. Xotirasiz
inson yuragi ham quruq hujjatlar yig�indisidan farq qilmaydi. Tarix
vaqt haqida emas, vaqt mobaynida yashagan inson haqida hikoya qilmog�i
zarur. Demak, u vaqt hujjatlariga emas, inson xotirasiga suyangandagina
haqiqatni ochadi. Inson xotirasi afsonalarga hamnafas bo�lgandagina
tirikdir. Faqat shundagina tarixiy dalil tiriladi. Afsona bilan
hujjat (dalil)ning o�zaro bog�lanishi aslida inson bilan vaqt bog�lanishidir.
Tarix, deb yozadi Nikolay Berdyayev, tom ma�nodagi afsonadir�
To�xtalmoqchi bo�lgan ikkinchi
masala men sizga so�zlab bermoqchi bo�lgan rivoyat Amir Temur hayotining
qaysi to�xtamida bo�lib o�tgan voqealar bilan bog�liq bo�lishi mumkin
degan savolni oydinlashtirishdir. Tarixiy bitiklarning guvohlik
berishicha, Amir Temurning to�rt o�g�li bo�lib, ularning ismlari:
Jahongir mirzo (1356-1376), Umarshayx mirzo (1356-1394), Amironshoh
(Mironshoh) mirzo (1367-1408), Shohruh mirzo (1377-1447) bo�lgan.
Yana shu narsa ma�lumki, ulug� Sohibqiron tiriklik paytida, u olib
borgan jangu jadalda uning yolg�iz bir farzandi � Umarshayx mirzo
1394 yilning qishida Shom urushi paytida, Xarmatu qal�asi ostonasida
� tor bir darada o�q tegib halok bo�lgani haqida tarixiy dalil
bor. To�ng�ich o�g�li bo�lmish Jahongir mirzo o�z ajali bilan
20 yoshida olamdan o�tgan. Amir Temur vafotidan so�ng uch
yil o�tgach, 1408 yilning ko�klamida uning o�rtancha o�g�li Mironshoh
mirzo Qora Yusuf turkman bilan bo�lgan janglarning birida, Tabriz
yaqinida o�ldirilgan.
Xo�sh, Amir Temur o�g�lining o�limi bilan
bog�liq afsona qaysi voqealar bilan bog�liq bo�lishi mumkin. Agar
uni Umarshayx mirzo o�limi bilan bog�laydigan bo�lsak, bu afsonani
dalili bo�ladigan voqealarni Shom yurishi bayonidan topolmadim.
O�ylashimcha, bu afsonani afg�onlar orasida mavjud bo�lishi bois,
u Amir Temurning Hindistonga qilgan yurishi davomida ro�y
bergan voqealardan tug�ilgan bo�lishi kerak. Oxir-oqibatda uzoq
izlanishdan so�ng �Temur tuzuklari�da bu afsonaga bevosita bog�liq
ma�lumotlarni topishga muvaffaq bo�ldim. Biroq, ularni so�zlab berishdan
avval men Hindiston yurishi qanday boshlanganini muxtasar bo�lsa-da,
hikoya qilmoqchiman.
Hijriy sakkiz yuzinchi, melodiy 1398
yilning bahorida Amir Temur yangi bog�i � Dilkushoda mislsiz
tantanalar bilan Xizrxo�jaxonning qizi o�n ikki yashsar To�kalxonimni
o�z nikohiga qabul qildi. To�y o�choqlaridagi kul sovib ulgurmay,
uning amri bilan Samarqand va Kesh oralig�ida joylashgan Taxti Qoracha
davoni osha o�tadigan yo�lni tuzatish va tog� etagida yana bir g�aroyib
bir bog� bunyod etish ishlari boshlandi. Sohibqironning o�zi bo�lsa
Keshga yaqin bir o�langda qurultoy chaqirdi. Maqsadi azaliy orzusi:
Hindiston yurishi maslahatini o�rtaga solish edi.
Saltanatning muhim tadbirlari, bo�lajak
harbiy yurishlar rejalari muhokama etiladigan qurultoy Amir Temur
davlatining oliy kengashi edi. Shu bilan birga qurultoy mamlakatning
bosh tantanasi bo�lib, Sohibqiron qo�li ostida birlashgan o�lkalarni
boshqarish bilan band amirzodalar va boshqa davlati arkonlar uchun
xuddi jang maydoni bilan baravar, hatto undan yuqori turadigan o�ziga
xos sinov maydoni ham edi. Agar jang maydonida dilovarlik sinalsa,
bu kengashda farosat va tadbirkorlik sinovdan o�tardi. Bu sababdan
bo�lsa kerak, jang maydonida qo�rquv nimaligini bilmagan ayrim amirlar
va amirzodalar qurultoy chaqirilganda sarosimaga tushib qolishar,
unda qaysi bir tadbir o�rtada muhokama bo�lishini bilish uchun bor
vositalarni ishga solardilar. Illo, jahongir jang maydonida qilich
chopqilashdagi mohirlikni, qurultoyda esa o�ylab aytilgan so�zni
ma�qul ko�rar, kim aravani quruq olib qochsa, mashvaratdan quvib
chiqarishdan ham qaytmasdi. Ammo bu galgi qurultoy qay maqsadda
chaqirilayotgani hech kimga sir emasdi.
Har galgidek qurultoy
ko�pchilik uchun qurilgan ulkan chodirda o�tdi. Amir Temur odatdagi
rasm-rusmlar ado etilishi bilan, gapni cho�zib o�tirmay, Hindiston
yurishi oldidan o�g�illari va amirlarning ko�ngli, o�y-fikrlarini
bilish maqsadida ularni maslahatga chaqirganini aytdi. Turkiy sulolalarning
azaliy tartibi va mukarram dasturi shunday edikim, katta og�alari
va xeshlar hayot ekan, hech kim ulardan o�tib saltanat taxtiga qadam
qo�yolmasdi. Mana shu bobolar odatiga binoan qurultoydayam yoshi
ulug� shahzodalar birinchi fikr bildirish huquqiga ega edilar. Shuning
uchun ham davrada Sohibqironning kenja o�g�li Shohruh mirzo o�tirgan
bo�lsa ham, birinchi so�zlash undan yosh jihatdan ulug� Muhammad
Sulton bilan Pirmuhammad Jahongir ixtiyorida edi. Pirmuhammad Jahongir
bobosiga bir qarab oldi-da, uning �Xo�sh� degandek sinchkov
tikilid turganini ko�rib gap boshladi:
- Hazrati Sohibqiron,
Hindistonni olmoq yer yuzida o�tgan barcha podcholarning orzusi
bo�lmish. Agar ani zabt etsak, aning oltinlari ila yetti iqlimni
olajakmiz. Men yurishga tayyordurmen.
Tug�ishgan birodarining
bu gapini eshitib amirzoda Muhammad Sulton ham o�rnidan turdi. U
inisidan bir yosh ulug� bo�lsa-da, qotmadan kelganligi sababli undan
ancha yosh ko�rinar, buni bilgan amirzoda ko�proq ovoziga zo�r berib,
kattalarga xos mulohaza istagida har bir so�zga alohida urg�u berib
gapirish lozim, deb o�ylardi. Amir Temur og�a-ini o�rtasidagi bahsni
maroq bilan kuzatar va bevaqt shahid bo�lgan o�g�liga ko�rsatolmagan
mehr-marhamatini ulardan ayamasdi.
- Olampanoh, -
deya ulug�vorlik ila so�z boshladi Muhammad Sulton, - inim Pirmuhammad
Jahongir aytgani rostdur. Hind mulki bag�oyat boy yurt. Ammo, siz
bergan saboq hamisha yodimda. Ya�nikim har bir ishni qilishdan avval
uning amalini o�ylash joizdur. Kitoblardan ma�lumdirkim, Hindiston
yo�li ko�p mashaqqatlidur. Eng avvalo, bir necha qor bosib yotgan
tog�laru kechib o�tish mushkul daryolar, undan keyin cheki yo�q
o�rmonu to�qayzorlar bordur. Ikkilamchi, maqsadga yetguncha bebosh
afg�onlar bilan jang qilish ham zarur bo�lg�ay. Yana kitoblarda
aytilmishkim, Hindistonda odamxo�r fillar ham juda ko�p bo�larmish�
Amir Temur inisinng
mulohazalarini eshitgan Pirmuhammad Jahongir bezovtalana boshlaganini
sezdi. Ammo buni bildirmay, nabirasining mulohazasi qanday taklif
bilan tugashini kutdi. Qurultoy rasm-rusmi har bir so�zni e�tibor
bilan eshitish lozimligini talab qilardi. Xo�sh, qani, to�ng�ich
nabirasi nima demoqchi ekan, shuni bilsinchi. Ammo Muhammad Sulton
ham inisining ahvolini sezgan bo�lsa kerak, odatiga xilof ravishda
shoshib so�zini yakunladi:
-
Bu mulohazalarim ila Hindiston yurishiga
puxta tayyorgarlik ko�rish lozim demoqchiman. Men urushga shaymen.
� U so�zini tugatib, inisining yonidan joy olarkan, uning yuzidagi
mamnuniyatni sezib, ko�ngli joyiga tushdi.
Shundan so�ng sohibqironga
qizidan tug�ilgan nabira bo�lmish amirzoda Sulton Husayn navbat
oldi. Amir Temur qizi Og�abegim va malika Tuman og�oning
birodari amir Muhammad ibn Musodan bo�lmish bu amirzoda bag�oyat
mard, ammo beoqibat bo�lib voyaga yetganini yaxshi bilsa-da, har
gal qizining so�zini qaytarolmay, bu badbaxt yigitning gunohidan
o�tib kelardi. O�z o�g�illari va ularning farzandlariga
bag�oyat qattiq turgan Sonibqiron bu hovliqma amirzodani jazosiz
qoldirib kelayotganini hamma bilar, ammo sababidan bexabar
edilar. Nahotki, qizdan tug�ilgan nabira o�g�illardan suyukliroq
bo�lsa? Amir Temurning bu nabirasiga loqaydligini uning qiziga
ko�rsatgan karami bo�lmay, balki Sulton Husaynning saltanat
taxtiga o�tirishga loyiq bo�lmaganlar toifasiga kirishidan edi.
- Hazrat Sohibqiron,
- dedi tantanavor ohangda Sulton Husayn. � Agar biz Hindistonni
ilgimizga kirita olsak, to�rt iqlimga � Turkistonu Turon,
Eronu Hindga hukmron bo�lurmiz. Qolg�on uch iqlim: Rum, Shom, Chinni
esa olmoq qiyin emasdur, albat olg�aymiz.
Sulton Husayn sanab
o�tgan iqlimlarni xuddi o�zi oladigandek, allaqanday ichki kibr
bilan davradagilarga ko�z tashlab, o�rnini egalladi. Bobosi vafotidan
so�ng mana shu kibr uning boshiga ko�p g�avg�olar solishidan u hali
bexabar edi.
Amir Temur so�z
navbatini olgan kenja o�g�li Shohruh mirzoga diqqat bilan tikildi.
Bu farzandi boshqa zuryodlariga qaraganda, kitobga o�ch chiqdi.
Unga kitob bo�lsa bas, qilich chopqilashni unutadi. Ammo kitobxonligidanmi,
so�zi, mulohazalari pishiq, o�zi ham ko�pni ko�rgan qariyadek
bosiq edi. Aytadiganini puxtalab olmasa, og�iz ochmasdi.
- Padari buzruk,
hazrati Sohibqiron, - deya gap boshladi Shohruh mirzo shoshmasdan.
Uning hatto gapirayotgan paytidayam nimalarnidir o�ylayotganini
sezib Amir Temurning g�ashi keldi. � Men ajdodlarimiz bo�lmish
turklarning qonunlari bitilgan kitoblarda o�qigan edimki, jahonda
beshta shon-shavkatli podshoh bo�larkan. Rivoyat qilg�aylarkim,
bu podshohlarning ulug�ligini alohida ta�kidlab, ularning nomlarini
atamay, laqablarini olib aytg�onlar. Ya�nikim Hind podshosini �
roy, Rum podshosini � qaysar, Chunu Mochin podshosini - fag�fur,
Turkiston podshosini � hoqon, Eronu Turon podshosini � shahonshoh
ataydilar. Biz hukm yurgizgan yurt hukmdori, ya�nikim shahonshoh
hukmi hamisha Hindiston mamlakatlariga joriy etilmish. Tokim
Eronzaminu Turonzamin bizning ilkimizda ekan, Hindistonni ham o�zimizga
tobe etmog�imiz joizdur�
Amir Temur kenja
o�g�lining so�zlarini tinglar ekan, bir zum so�nggi paytlarda yuragini
tunu kun bezovta qilgan valiahd tashvishiga berildi. To�rt o�g�lidan
ikkisi bevaqt ko�z yumdi. Shohruh bunaqa, Mironshoh bo�lsa, o�ylamay
ish qiladiganlar toifasidan. Mast bo�lib, otdan yiqilib kallasi
lat yegandan buyon uning betayin qilmishlari yana oshdi. Suyukli
kelini Xonzodabegim yaqinda erining zulmidan dod urib, unga bosh
urib keldi. Mironshohning valiahd bo�lishi mamlakatni vayron
bo�lishi demakdir. Bunga esa aslo yo�l qo�yib bo�lmaydi. Nobakor
o�g�ilni jazolashni ko�ngliga tuggan sohibqiron bu tadbirni Hindiston
yurishidan keyinga qoldirishga majbur edi.
Amir Temur sekin
Pirmuhammad Jahongirga ko�z qirini tashladi. Ha, bu nabirasi havas
qilgulik bahodir bo�ldi. O�ziyam quyib qo�ygandek bobosining o�zi:
qaddi qomati barvasta, yelkador, boshiyam bobosinikidek, humdek
keladi. Qoshi-chi, qoshi? Ariq chetidagi ajriqdek qalin, ko�zlari
qilich damidek tovlanadi. Fe�l-atvoriyam, bobosiniki, na yog�iydan,
na o�limdan qo�rqadi. �Yopiray, - derdi ba�zan kamdan-kam hayratlanadigan
sohibqiron. � Meni tirikligimda Alloh taolo yana qaytadan yaratdimi?!
Nabirasining yolg�iz bir xislati unga ma�qul kelmasdi. Ko�pchilik
boshini qovushtirishni bilmaydi. Mardlik odamlar dilini maftun etsa,
oqibatbardorlik, farosat yuraklarni abadiy bandi etishini hali anglamaydi.
Amir Temur o�g�li
Shohruh mirzodan keyin o�z mulohazasini aytishga biron bir amir
shoshilmayotganini ko�rib, hushyor tortdi. Sukut cho�zilganidan
toqatsizlanib:
- Xo�sh, - dedi
u baland ovoz bilan.
Ammo amirlar jim
o�tiraverdilar. Sohibqiron jahli chiqsayam, ichidagini yuziga chiqarmadi.
Indamay kutishni ma�qul ko�rdi. Bu baxtuchopganlar uning necha
yildan buyon Hind mulkini zabt etish haqida orzu qilishidan yazshi
xabardor. Nahotki, bilib ham bilmaslikka olsalar, jim o�tirishni
ma�qul ko�rsalar? U o�zining deyarli barcha yurishlarida qatnashgan,
sadoqatlarini necha marta jangu jadalda namoyish etgan amirlarga
bir-bir tikilar, amirlar esa unga bosh ko�tarib qarashga majol topolmasdilar.
Oxiri u amir Shohmalikka qattiq tikilib turaverdi. Uning bu boqishini
tuygan amir sekin bjshini ko�tarishga majbur bo�ldi.
- Taqsirimning
so�zlari yo�qmi? � dedi sohibqiron bo�g�iq ovoz bilan.
Amir Shohmalik
o�rnidan turishga majbur bo�ldi. Amir Temur unga: �O�tirib gapiraver�
deb ishora qilgach, o�rnini egalladi. Biroz taraddudlanib, keyin
ohista arz qildi:
- A�lohazrat, sizning
amringiz biz uchun vojibdur, undan yuz o�girish tuzingizni unutmoqdur.
Biz bu tadbir xayolini dillarimizdan, bamisli javohir tuynuklaridan
o�tgan ipdek shoshilmay o�tkardik, - u biz deganda amirlar Xoja
Yusuf, Saribug�o, Shayx Nuriddinlarga ishora qildi. � Boringki,
Hindistonni oldik ham deylik. Biroq, u mulkda turg�un bo�lib qolsak
naslimiz yo�qolmagaymu, avlodlarimiz o�z aslidan ayri tushmagaymu,
begona yurtda tillarini unutmagaymu?..
- Taqsir, - deb
ning gapini bo�ldi Amir Temur xotirjam. � Biz ul-mulkda uzoq qolishni
o�ylaganimiz yo�q. Qolaversa, shuni yodda tutingkim, dilda e�tiqod
butun bo�lsa, aslo naslimiz yo�qolmagay, tilimiz unutilmag�ay� E�tiqod
susaysa, til emas, imon ham unutilg�ay�
U xoturjam gapirar,
ammo qoshining yig�ilib turishi, ko�zidagi o�tning yanada
kuchliroq tovlana boshlaganini payqagan amirlar Sohibqiron
ichida qanday kuchli to�fon o�ynayotganini sezib turishardi.
- Ko�pchilikda
shubha bo�lsa, yo�lga chiqmagan ma�qul. Shubha nafaqat aqlni, u
dildagi o�tniyam o�chiradi. Kelingiz, Tangri taologa murojaat qilaylik.
Hind mulkiga yurish borasida istixora etaylik � Amir Temur yonida
turgan Qur�onni qo�liga oldi. � Tangri taolo neni buyursa,
shunga amal qilg�aymiz.
Davradagilar o�sha
zahot uning taklifini ma�qullab ovoz berdilar. Sohibqiron Qur�oni
karimni oldidagi shira ustiga qo�ydi, chuqur nafas olib, biroz sukut
saqladi-da, ko�zini yumib kitobni ochdi. U avval ochilgan
sahifadagi oyatni ichida o�qidi, so�ng baland ovozda takrorladi:
- �Ey,
Rasululloh, kofirlarga va munofiqlarga qarshi jahl qilg�il�.
Amir Temur bir chetda turgan mavlono Faxriddin qoriga tikildi. Mavlono
Sohibqiron istagini uqdi, ohista o�rnidan turib oyat mazmunini izohlab
berdi. Amirlar mavlononing izohini eshitgach, boshlarini egib, jimib
qoldilar.
-
Xo�sh, - dedi Amir Temur.
Ammo bu gal ham amirlar o�z fikrlarini aytishga shoshilmsdilsr.
Buni ko�rgan sohibqiron jahlini yashirolmadi.
- Taqsirlarim,
nechun jimsiz? Yo Alloh taolo hukmi sizga hush kelmadimi?..
Men sizni saltanatim ustunlari deb bildim, hamisha izzatingizni
unutmadim. Siz esa unutdingiz� Sababi nedir? Siz bilmasangiz, men
yaxshi bilurman. Turgan suv sasiydi, yurgan odam yasharadi. Agar
siz toliqqan bo�lsangiz, ilgingizda mador qolmog�on bo�lsa, lashkarni
topshiring. Necha-necha bo�z yigitlar bizgayam navbat yetadimu,
deb kutib turg�aylar. Alloh guvoh Hindistonni siz emas, shul o�g�lonlar
albat zabt etg�ay�
Sohibqironning
vajohatini ko�rib, ayniqsa, uning so�nggi so�zlarini eshitgan
amirlar birin-ketin o�rinlaridan turib avf tiladilar. Amir Temur
ularning so�zini xotirjam eshitib dedi:
- Siz ila ne-ne
jangu jadallarda bo�ldim. Siz menga, men esa sizga suyandim� Har
qancha yuragimni qon qildingiz , avf etdim. Butun boringg�iz, ertagacha
o�ylang�iz�
Ertasi davom
etgan qurultoy ahli bir ovozda bo�lajak yurish rejasini ma�qulladilar.
Dili ravshan tortgan Amir Temur qo�l ko�tarib, zafaru fath fotihasini
o�qidi.
Qurultoydan yarim
oy o�tar-o�tmas, Sohibqiron boshchiligidagi ulkan qo�shin Qashqadaryo
vohasini tark etib, Termizga yaqin yerda Jayhundan kechib, Xuroson
hududiga o�tdi.
U butun yoz davomida
Andarob degan joyda bo�ldi. Sakkiz yuzinchi yil zulhijja oyining
boshida � 1398 yilning avgustida Amir Temur Panjshir daryosi yoqalab
Qobulga qarab yo�naldi. Shu terda unga bo�lajak yurishda omad tilagan
Oltin O�rda elchilarini qabul qildi. Elchilar bir necha muddat o�tib
qaytishga ruxsat so�ragandan keyin, ularning karvonini qo�riqlash
uchun bir guruh askar ajratdi. U bu ishni elchilarni o�ylab emas,
shu karvon bilan dorilmulkka qaytish lozim topilgan Saroymulkxonim
bilan Shohruh mirzoning o�g�li, to�rt yashar nabirasi Muhammad Tarag�ay
xavfsizligini ta�minlash uchun qilgan edi.
Bundan o�n yetti
yil avval qo�lga kiritilgan Xuroson mulkining bu qismi hamisha notinch
bo�lib kelgan. Hindiston yurishini maqsad qilgan Sohibqiron shu
sababdan ham qo�shin ortini mustahkamlash niyatida Kobulni
tark etib, Sulaymon tog�lari yaqinida yashagan afg�on qabilalari
va isyonkor qora kiyimlilar � siyohpo�shlar nomi bilan mashhur isyonchilarni
tavbasiga tayantirish, o�zining ko�nglini tinchlantirish bilan mashg�ul
bo�ldi. Qolaversa, bu tadbir Hind sultonini chalg�itishning yo�li
ham edi. Go�yo o�zini Hindistonni zabt etish uchun emas, mana
shu bebosh qabilalarni itoatga keltirish uchun kelgan
qilib ko�rsatmoqchi bo�ldi.
U vaqt yetishi
bilan o�ttiz ming askarga rahbar bo�lmish amirzoda Pirmuhammad Jahongirga
Sulaymon tog�ini oshib, Sind daryosini to�xtamay kechib o�tib Mo�lton
viloyatiga, amirzoda Muhammad Sulton bilan amirzoda Rustam boshchiligidagi
o�ttiz minglik qo�shinga esa Sind daryosi yoqalab Kashmir tog�i
etagidagi yo�ldan yurib Lohur viloyatiga bosqin qilishga farmon
berdi. O�zi bo�lsa qo�shinning asosiy qismi � g�ul bilan Badaxshon
tomonga yo�naldi va tog� oshib Hindiston sarhadlariga bostirib kirdi.
Hindiston yurishi haqida boshqa bir hikoyamizda batafsil to�xtalish
niyatimiz borligi sabab, biz asosiy maqsadimiz � sizga so�zlab bermoqchi
afsonani keltirib chiqargan voqealarga o�tishni ma�qul ko�rdik.
Amir Temur, yuqorida
aytganimizdek, qo�shin ortini mustahkamlash maqsadida afg�on qabilalari
tomonidan vayron etilgan bir qator qal�alarni qayta tiklatgan va
ularda o�z odamlarini qoldirgan edi. Mana shu qal�alarning biri
Irob qal�asi edi. Pirmuhammad Jahongir Mo�ltonga yurishi oldidan
o�ziga sodiqlik so�zini aytgan Lashkarshoh afg�onni mana shu
qal�aning kutvoli qilib tayinlagandi. Amir Temur qo�shini Hindistonga
qarab yo�lga chiqishidan foydalangan karkas deb atalgan afg�on
qabilasining boshlig�i Muso afg�on kelib qal�ani qo�lga kiritdi
va kutvol Lashkarshoh afg�onni qatl etdi. O�ldirilgan og�asining
qasosini tilagan Malik Muhammad Sohibqiron huzuriga bosh urib bordi.
Amir Temur uzoqni ko�zlab ish tutdi: go�yo bechora inining
o�tinchiga quloq solmagan bo�lib, uni qamab qo�yishni buyurdi. So�ng
Muso afg�onga huzuriga kelishni talab qilib yorliq yubordi. Muso
afg�on kelgan chopardan qon o�chi talab qilib borgan Malik Muhammad
qamoqqa tushganini eshitib , xotirjam tortdi. Ammo Amir Temur qo�shini
qal�aga qarab kelayotganidan voqif bo�lgach, unga peshvoz
chiqib, qal�ani peshkash qilishni ma�qul deb topdi. Ammo u o�z askarlaridan
biriga Amir Temur qal�aga kirishi bilan o�q uzib, uni halok etishni
buyurgan edi. Ammo pastkash niyatiga etmadi. Uzilgan o�q xato ketdi.
Muso afg�on qilmishiga yarasha jazolandi, u qatl etildi.
Aynan mana shu
voqea yillar o�tib afsonaga asos bo�lganiga shak-shubha yo�q.
Lashkarshoh afg�ondan avval qal�ada Pirmuhammad Jahongir turgani
uchnmi, afsonada Amir Temur o�g�lining o�limi haqida gikoya qiladi.
Nabiraning o�g�ilga aylanishi esa faqat afsonalarda emas, hatto
tarixiy kitoblarda uchrab turadigan holdir. Qolaversa, Pirmuhammad
Jahongir Amir Temurning kenja o�g�li Shohruh bilan deyarli tengqur
edi. Endi navbat afsonaga..
Dunyoning to�rt
tarafiga ko�z tikkan Sohibqiron Amir Temur qo�shini jangari afg�on
qabilalari bilan bo�lgan og�ir jangu jadaldan so�ng daryo yoqasida
qo�qqayub turgan ulkan qoya ustidagi qal�ani qo�lga kiritdi.
Qal�a juda kichik, ammo baland devor bilan o�ralgani uchun g�oyatda
kuchli istehkom edi. Shuning uchun ham qal�aning qo�lga kirishi
qiyin bo�ldi. Aniqrog�i qiyin bo�lishi mumkin edi. Ammo kutilmaganda
qal�a xiyonat tufayli uning qo�liga juda oson o�tdi. Xiyonat qal�a
jiybaxona boshlig�i tomonidan bo�ldi. U dastlab maktub qatib bog�langan
yoy o�qini Sohibqiron askarlari tomon uchurib, tun yarimdan og�ganda
mag�rib tomondagi darvozani ochajagini xabar qildi. Munshiy xatni
unga o�qib berar ekan, hukmdor hali aftini ko�rmagan jiybaxonachidan
qattiq nafratlandi. �Ko�rnamak�, - deb o�yladi u munshiy xirgohdan
chiqib ketgach. U uzoq o�yladi. Hurmdorlari bergan tuz haqini
unutib, vafodorlik va sadoqatni bir chekkaga yig�ishtirib, uning
oldiga ne-ne odamlar bosh urib kelmagan. Lekin u har safar bu xoinlarni
la�natlagan. Tuz haqi va vafodorlikni unutib, xizmat vaqtida o�z
sohibidan yuz o�girib uning qoshiga kelgan har bir yuzsizni
o�ziga va saltanatiga eng yomon dushman deb bilgan.
Zero, ular o�z
sohibiga vafodorlik qilmagach, unga qilarmidi?
Ammo Sohibqiron
xiyonatdan foydalanishdan yuz o�girmas, undan ustalik bilan foydalanardi.
Axir, qay bir sarkarda o�z jangchilarining bekordan-bekor
qurbon bo�lishidan saqlaydigan yo�ldan foydalanishni istamaydi.
Xiyonat inson yuragini qurt kabi kemirgan fasoddan, mamlakatda loqaydlik
tufayli yuzaga chiqqan parokandalikdan, xullas, ham ustki tanazzuldan
tug�ilishini u yaxshi bilardi. Shu sababdan ham har lahza har bir
sipohiy, har bir qo�shin boshlig�i, har bir amir boshi ustida uning
qahri aylanib turishi zarurligini unutmas, ularni umid va qo�rquv
o�rtasida tutishni lozim ko�rardi.
Agar jiybaxonachi
xiyonatga yuz tutgan ekan, undan foydalanmog�i savob, illo uni bu
harom yo�ldan qaytarishning iloji yo�q. Iloji � o�lim.
Qal�a tongga yaqin
g�arbiy darvozaning kutilmaganda ochilishi tufayli uning qo�liga
o�tgach, qarorini farmonga aylantirib, qal�a qutvoli bilan jiybaxona
boshlig�ini o�limga buyurdi.
Bir-ikki kun lashkarga
dam berib bo�lgach, sohibqiron qal�ada o�g�li boshliq qo�shinni
qoldirib, boshqa shaharlaru qal�alarni zabt etish qasdida shitob
bilan otlanib, yo�lga tushdi.
Yo�lga tushgan
qo�shindagi askarlarning son-sanog�i yo�q edi. Ularning otlari ming
farsangdan ortiq yo�l bossayam hali toliqmagan va shamoldek uchqur,
qilichlari olmosday o�tkir, yuraklarbga qo�rquv tushmagan edi. Qo�shin
shunday shiddat bilan borardiki, go �yo saraton mahali qamishzorga
tushgan o�tdek to�xtovsiz edilar. Boshlaridagi simobiy dubulg�alar
kun tig�ida yalt-yult tovlanar ekan, o�sha zamonda yashagan muarrix
ta�riflagandek, �qo�shin kejim, zirh va javshanlar ko�pligidan temir
tog�i kabi edi, go�yo temir tog�i erib ketib, daryo bo�lib oqub
borar, bu qoim yuz ming koinotni yutib yuboradigan ulkan nahangdek
jilvagar edi�.
Bu qo�shin o�tgan
yo�llar changi hafta o�tmasdan to�xtamas, bu temir oqim to�xtab
hordiq olgan yam-yashil o�langlarda qayta o�t unmas. O�t unishi
uchun yomg�ir asrlar davomida otlar tuyog�idan ezilib o�lgan tuproqni
yumshatishi, quyosh yuz yillar mobaynida bu taqir maydonlarga o�z
mehrini tinmay sochmog�i kerak edi. Olis tog�lar qoyalari
ustida poda o�tlatib yurgan afg�on cho�ponlari biyobon o�rtasida
to�satdan paydo bo�lgan simobrang daryoni ko�rib, Alloh taoloning
irodasidan hayratlanib, tasannolar aytishardi.
Mana shu
ulkan qo�shin to�xtab Sind daryosi sohilida hordiq olayotgan paytda
Amir Temurga kuni-kecha zabt etilgan qal�adan chopar kelganini aytdilar.
�Kirsin!� � dedi Sohibqiron daryodan urilgan salqin shabadadan ohista
tebranib turgan xirgoh pardalariga tikilganicha. Amir Temur yugurib
ichkariga kirgan choparni tanidi. U shahzoda o�g�li xizmatida yurgan
uyo�g�lonlarning biri edi. Uyo�g�lon kira solib, tizza cho�kib
va boshini egib, siniq ovozbilan so�zladi:
- Onhazrat,
shum xabar keltirganim uchun boshimni oling.
Uning bu so�zini
eshitgan Amir Temurning bir mo�yi ham qimirlamadi. U huzuriga kirgan
sonsiz choparlardan bu so�zni necha marta eshitgan, sanasa, sanoqdan
adashmog�i mumkin. Ko�pincha bu so�z bilan boshlangan xabarlar uning
qulog�iga yetishga ham arzimas bir gap bo�lib chiqar, Sohibqiron
odamlarning vahimaga o�chligidan hayron qolardi. Birdan o�yiga:
�Nahotki, o�g�limga bir gap bo�lgan bo�lsa?� degan gap keldi-da,
sergak tortdi.
- Sening joning
Allohniki, oldin so�yla, agar Alloh oldida javobgar bo�lsang, boshing
shaksiz kesilg�ay. Agar menga nisbatan aybli bo�lsang, hukmni mashoyixlar
ayturlar�
- Avval
bir qoshiq qonimdan keching, onhazrat, - dedi uy o�g�lon sapchadek
kichik boshini ko�tarmay.
Amir Temurning
g�azabi qaynadi. �Nima balo, bu sakbachcha, mening irodamni sinamoqchimi?�
Birdan daryodan
esgan shabda yuziga urildi-yu, Allohning bu ne�matidan yana ko�ngligi
xotirjamkik cho�kdi.
- Kechdim,
gapir, - dedi horg�in tovush bilan Sohibqiron.
Chopar ortiq paysalasa,
aytadigan gapi o�zi bilan rixlatga ketishini angladi-yu, boshini
sal ko�tardi. Shunda ham hukmdorning yuziga qarashga jur�at qilolmay,
gap boshladi:
- Ulug� Sohibqiron,
siz qal�ani tark etgandan so�ng la�nati yog�iylar nogahon uni qamal
ayladilar. Necha kun jang bo�ldi. Ammo kuchimiz ozlik, zahiramiz
nosozlik qilib mag�lub bo�ldik. Yog�iylar qal�aga biz bilmagam yashirin
yer osti yo�ldan kirib oldi. Qal�aning qo�ldan ketmog�i ayon bo�lgach,
bemonand shahzoda meni sizning huzuringizga jo�natdi. Necha o�limdan
qolib, ming g�avg�o bilan qal�adan chiqishga muvaffaq bo�ldim.
- O�g�limga nima
bo�ldi, u tirikmi? � deb sekin so�radi Amir Temur. Uning ovozidagi
sovuqdan choparning etlari jimirlab ketdi. So�ngra zo�rg�a ovoz
chiqardi:
- Bilmayman, Sohibqiron,
bilmayman � uning jag�lari titrardi, - Men qal�adan chiqish sa�y-harakatini
qilayotganimda, jang jiybaxona oldida borayotgan, o�g�lingiz jangning
o�rtasida edi.
Amir Temurning
ichiga o�t tushgandek bo�ldi. Sekin atrofida turgan ichkarilaru
nombardorlarga razm soldi. Biror bir ko�z ochiqdan-ochiq unga tikilib
turganini ko�rmadi. Ammo, hammaning yuzida tashvish alomati zohir
edi. U bir dam o�yga botib turdi-da, sekin pichirladi:
- Hozirning o�zidayoq
qo�shin yo�lga otlansin. Yog�iylar munosib jazolonsunlar. O�g�lim
tirikmi, o�likmi topilsin.
Nazarida farmonini
qo�shinga yetkazishga javobgar tovachi sust harakat qilayotgandek
tuyuldi. Bir harakat bilan o�rnidan irgi�b turdi-yu, g�azab bilan
baqirdi:
- Bo�g�ozmisan,
onag�ar. Agar yana shunday paysallasang qorningni yorib, qoningni
oqizganim bo�lsin.
Pak-pakana, qorindor
tovachi xirgohdan o�qday otilib chiqdi. �Xudo bir asradi, xudo bir
asradi!� degan o�y chopib borayotgan tovachining miyasini kemirardi.
Dam o�tmay temir
tog� erib, ulkan oqinga aylandi va kechagina o�tilgan, hali chang-to�zoni
bosilmagan yo�llardan ilondek buralib oqa boshladi. Endi bu
qo�shinning shiddati yana ham jadal , navkarlar dilida qasos
o�ti yonar, otlar qamchi zarbidan alamzada yo�rtib borar edilar.
Temir oqim bir necha kundan so�ng dushman qo�liga o�tgan qal�ani
uch tomondan o�rab oldi. To�rtinchi tomonda esa yuksak qorli tog�lardan
tushib hali qo�lga o�rgatilmagan beasov toydek hapriqib, guvillab
ulkan daryo oqib turardi. Agar o�sha tog�lar tomonda poda o�tlatib
yurgan o�sha afg�on cho�poni hozir qal�a tomonga ko�z
tashlay olganida edi, ulkan biyobon qa�rida tug�ilgan noma�lum simobrang
daryo ulkan qoyaga � qal�aga urilib ikkiga bo�linib asrlar davomida
oqib turgan o�zlariga tanish daryoga qo�shilayotganiga ko�zlari
tushardi.Agar ular ertasi ham o�sha tomonga qaraganlarida edi, kechagi
birdan paydo bo�lgan simobrang daryo yo�qligini , ulkan qoya atrofida
esa ulkan qo�l paydo bo�lib qolganini ko�rgan bo�lardilar. Bu ko�l
kechasi olov komiga aylanib, undan taralgan yog�du yuksak tog�larning
qorli cho�qqilariga urilib, ularni nimqizil rangga bo�yaldi. Bu
qal�adan yiroq-yiroqlardagi qishloqlarda va chaharlar aholisi olislardan
kelayotgan yer zirillashiga vahima bilan quloq solishar, allaqanday
noma�lum, shu sababdan qo�rqinchli halokatlardan darak beruvchi
g�aroyib manzaraga � yuksak tog� cho�qqilarining qori alvon
rangga bo�yalib tovlanishini ko�rib dahshatga tushardilar.
Eng qo�rqinchlisi,
noma�lumlik edi. Noma�lumlik ularni o�zlari asrlar davomida yashagan
maskanlarini, molu mulklarini tashlab g�arq pishib yotgan tutlar
hidi anqib turgan chorbog�lar oralab o�tgan yo�llar orqali bu vahimadan
bexabar va aldamchi farog�at og�ushida uxlayotgan o�lkalarga ketishga,
bu noma�lumlikdan yosh kelinchaklarning ko�ksida suti qurib, hali
kindik yarasi bitmagan chaqaloqlar yig�isi otalarni yarim kechalari
turib olisda tobora qizilashib tovlanayotgan tog�larga notinchlik
bilan uzoq boqishga majbur qilardi. Yer zirillashi to�xtagani bilan
ularning yuragidagi zirillash battar avj olardi. Ular o�sha tuni
bilan nimqizil rangda tovlangan tog�lar tomondan biror bir xabar
kelarmikan deya ilonizli yo�llarga intiq boqib kutishar; ammo nomoz
paytidagi kentlar ko�chasidek bu qadimiy yo�llarda biror kishining
qorasi ko�rinmasdi. Noma�lumlik tomonga qarab borib, u yoqdan biror
gap olib kelishga hech kim jur�at qilolmasdi. Undan ko�ra ular keng
dashtda dushman lashkari bilan yuzma-yuz turib jang qilishga rozi
edilar. Ammo dushman o�sha noma�lum tomonda edi.
O�sha noma�lumlik
tarafda, kechalari nimqizil rangda tovlangan tog�lar tomondan oqib
tushgan daryo yoqasidagi qal�ani Amir Temur qo�shini iskanjaga olgan
edi. Sohibqiron qal�aning sharqiy darvozasi ro�parasida sarkob tiklashni
buyurdi. U qal�aga taslim bo�lishni talab qilib nishon jo�natmadi.
U sarko�b tiklanishini va sharq tomondan oqib kelayotgan temir oqimni
mana shu sarkob poyida yig�ilishini ham kutib o�tirmadi. O�rtada
beomon jang boshlandi. Amir Temur ham xudoning bir bandasi
kabi, olisdagi qishloqlarda yashagan fuqarolarga o�xshab noma�lumlikdan
qo�rqardi. Ammo u noma�lumlik qarshisida qo�l qovushtirib o�tirishni
yoqtirmasdi. U har qanday jumboq yechilgandan keyingina yuragida
farog�at topajagini yaxshi bilar; bu jumboq, bu noma�lumlik � farzandning
qismati uni qiynagan sayin, u mana shu noma�lumlikni yo�q
etuvchi quroli � qo�shinlarini jangga soldi. Ko�zlarida ham qasos
olovi, ham o�g�il tashvishi baravar aks etgan Amir Temur tundayam
askarlariga dam bermadi. Har yer-har yerda yoqib qo�yilgan gulxanlar
yorug�ida qal�aning to�rt darvozasi yonida beomon jang davom etdi.
Yugan-suvloqlarini chaynab, og�zi ko�piklangan bezovta otlarning
qo�rqinchli kishnashi, kuragiga botgan yoy o�qi og�rishidan dunyoni
buzib baqirayotgan jangchilar , palaxmonlar otgan toshlar gursillab
devorlarga, darvozalarga urilishidan taralgan bo�g�iq tovushlar,
guruh-guruh jangchilar goh oldinga, goh orqaga chopganlarida zilzila
paytidagidek yerning silkinishlari orasida allaqachonlar tiklangan
sarko�b ustidagi xirgoh yonida turgan Sohibqironning: �Bosing! Bosing!�
degan hayqirigi!..
Jang avjiga chiqqan
yarim tunda tinim bilmay yo�l bosib, kela solib jang boshlagan hukmdor
ko�zining bir zumgagina yumilganini bilmay qoldi. Shu bir zum ichida
u tuch ko�rdi.
Osmonu falakdan
quyulgan kumish shu�la og�ushida bir ayol belanchak tebretardi.
Belanchak iplari qayerga osilgani bilinmasdi. U ayolni tanidi �
u Tegina Mohbegim, onasi edi. Ammo beshikda o�g�li yotardi� �Ota
� dedi o�g�li jilmayib, - Ota�� Birdan o�g�lining tovushini eshitdi.
�Onajon!��
U birdan uyg�onib
ketdi-yu, sarko�b poyida yotgan yarador jangchilardan birining bo�g�zidan
chiqqan o�lim oldi nolasi uni uyg�otib yuborganini bilmadi. �O�g�lim!�
� shivirladi birdan dili yonib o�zidan-o�zi. Sohibqiron ko�zidan
sixib chiqqan bir tomchi yoshda gulxan yorug�i aks etgandek bo�ldi.
U o�sha zahoti ko�zlarini yengi bilan artib, hech kim sezmadimi,
degandek atrofiga nazar tashladi. Hammaning xayoli jang maydonida
edi. Faqat uning hamma yurishlarida qatnashgan qari munajjim osmonga
bezovta tikilardi. Qariya Sohibqironning o�ziga tikilganini
sezib, o�girildi. Amir Temur munajjimni yoniga chorlab, bezovtaligi
sababini surishtirmoqchi bo�ldi. Ammo xayoli bo�lindi. Askarlari
sarko�b qarshisidagi darvozaga o�t qo�ygan edilar. Qoramoy sepilgan
ulkan naqshkor darvoza o�tga mahtal turgandek lovillab yona boshlagandi.
Olov pastdan tepaga jadal o�rlab, darvoza ustunlariga urilib ularni
qorartirardi.
Ammo to�satdan
havo buzilib, kuchli shamol qo�zg�aldi, bir-ikki tonchi tomgandek
bo�ldi. Shuni o�zi kifoya bo�ldi-yu, gulxanlar o�chdi, yonayotgan
darvoza ham omon qoldi. Biroq, bu jang shiddatini susaytirmadi,
muhosara kuchaygandan kuchayar, har ikki tomon bir-birini ayashni
xayoliga ham keltirmasdi.
Jang avjiga chiqqan
sayin Amir Temurning g�azabi kuchayar, atrofida turgan nombardorlar
sohibi taxtning qahrini ko�rib, nafaslarini ichlariga yutgan holda
sukut saqlashardi. Faqat qal�a tarafdan kelayotgan suron
bu sukutni eshitishga yo�l qo�ymasdi. Temir oqim qal�a devorlariga
bo�ron paytida quturgan dengiz to�lqinlaridek borib urilar
� sada ketidan hazora, hazora ketidan qo�shin kelardi. Manjaniqlaru
arradalar qal�a devorlarini buzish uchun tinmay ishlar, cho�moqlaru
xarbalarning bir-biriga urilgandagi jaranglar to�xtamasdi.
Tong yaqinlashib,
atrof yorisha boshlagan g�ira-shiralikda Amir Temur amri bilan yasovulboshi
qodirandozlarni ishga soldi, ularning yoydan bexato o�q uzishlari
tufayli shahrband ustidagilar tutdek to�kildilar.
Oxiri sabri tugagan
Sohibqiron xirgoh ayvonidagi o�rnini tark etib, bu holdan vahima
tushgan qurchilar o�rovida pastga � qal�aga yaqinroq borishga, bu
bilan askarlari ruhini ko�tarishga qaror qildi. U shiddat bilan
sarko�bdan tushib borarkan. Zaxira ortilgan aravalarning birining
yonida o�chib qolgan, ammo daryo tomondan esayotgan salqin shamoldan
qip-qizarib tovlangan gulxan cho�g�lariga qo�llarini toblab, isinib
turgan bir cholga ko�zi tushdi. U cholni sezmay o�tishi mumkin edi.
Ammo shuncha shovqin-suron orasida cholning ming�irlab kuylagan
qo�shig�i noxosdan uning diqqatini tortdi:
Voy, o�g�lima,
voy o�g�lim,
Yigitlarning nobudi.
Ko�tarilmay qoldi-ya,
O�g�ilginam tobuti.
Moymananing yigiti,
Oyog�ida bor-buti.
Qo�ldan qo�lga
o�tmadi
O�g�ilginam tobuti.
Qora yerda yotarsan,
Kimsa bilmas aslingni,
Do�stlaringni xor
etding,
Kim oladi qasdingni.
Voy, o�g�lima,
voy, o�g�lim,
Yigitlarning nobudi.
Qo�ldan-qo�lga
o�tmadi
O�g�ilginam tobuti�
Amir Temur cholni
tanidi. U qal�ani dastlabki qo�lga olganda, o�z sohibi, o�z safdoshlariga
xiyonat qilganligi tufayli o�limga buyurilgan qal�a jiybaxonasi
boshlig�i bo�lmish yigitning otasi edi.
O�shandayam jang
juda dahshatli bo�lgan bo�lsa-da, bugungichalik bo�lmagandi. Unda
muxoliflar o�zaro ilk marta to�qnashayotganlari uchun hali bir-birlaridan
qo�rqishmas, dillarda faqat: �Kimning qo�li baland kelarkan?� degan
hadik bor edi, xolos.Ammo qilichlar bir-biriga urilgan ilk daf�adayoq
bu hadik o�rtadan yo�qolib, yning o�rnini yog�iyga nisbatan g�azab
va nafrat egallagan edi. Tongga yaqin boshlangan jang kechgacha
davom etdi va ertasi kuni quyosh endi qizarib chiqa boshlagan mahalda
chol o�g�li � jiybaxona boshlig�i xiyonati tufayli Turon hukmdorining
g�alabasi bilan tugadi. Ammo g�alaba unga tatimadi. Yuborilgan nishonidagi
talabiga bo�ysunish o�rniga qarshilik ko�rsatgan qal�a kutvoli bilan
unga qal�a darvozasini ochib bergan jiybaxona boshlig�ini qatl ettirdi.
Yengilgan qo�shin askarlarini esa qatl maydoniga olib kelib, o�z
boshliqlarining sharmandali o�limini ko�rishga majbur etdi. Qatldan
so�ng bu askarlarni ozod qilib qo�yib yubordi.
Qatl boshlanishi
oldidan asir askarlar turgan tomondan dod-faryod eshitildi. Amir
Temur sukutni buzgan bu yoqinsiz baqir-chaqirni eshitib, �Nima gap?�
degandek qurchilar boshlig�iga o�qraydi. Hukmdorning noroziligini
payqagan qurchilar boshlig�i, devdek kelbatiga yarashmagan chaqqonlik
bilan pastga otildi. Uning shunday og�ir gavdasi bilan chaqqon harakati
o�rtasida bog�liqlik topolmagan hukmdor shovqin chiqqan tomonga
tikildi. U mag�lub yog�iy askarlari ichidan qurchilar sudrab olib
chiqqan cholni ko�rdi. Chol ikki qo�lini ombirdek qisib, maydon
chetiga sudragan qurchiarga dastlab qarshilik ko�rsatishga urindi-yu,
ammo dam o�tmay, nafasi o�chib, qo�l-oyog�i majolsiz shalvirab tushdi.
�U kim?� - deb
so�radi Amir Temur qurchilar boshlig�i qaytib, o�z o�rnini egallagach.
�Jiybaxona boshlig�ining otasi ekan�, - dedi qurchiboshi.
Sohibqiron birinchi marta kunda oldida qo�li bog�liq turgan, qal�ani
xiyonat tufayli unga olib bergan jiybaxona boshlig�iga tikildi.
U o�g�li tengi yigit edi.
Xuddi o�sha
lahza tovachining ishorasi bilan qatl boshlanganidan xabar berib
nog�oralarning gumbir-gumbiri boshlandi. Maydon o�rtasidagi kunda
qo�yilgan supada qo�qqayib turgan jallod qiblaga qarab tilovat o�girdi.
Botayotgan quyoshda uning yuzi qip-qizil tusda tovlanardi. Tilovatni
tugatgan jallod o�rnidan turdi va kundaga birinchi bo�lib kutvol
boshini qo�ydi. Ammo kutvol boshini kundadan olib, yana qad tiklashga
urindi. Mushtumining zarbi bilan buqani o�ldirishga qodir zabardast
jallod bir siltash bilan yana uning gavdasini bukib boshini kundaga
qo�ydi, so ng yuksakdagi xigoh peshayvonidagi taxtda ichkilaru nombardorlar
qurshovida turgan hukmdorga tikildi. Aniqrog�i, tikilgandek bo�ldi,
zero jallod boshini ko�tardi-yu, o�z sohibiga tik boqishga jur�at
qilolmadi. Uning qo�lidagi oybolta ham qonga bo�yalmagan, ammo g�urub
shu�lasi tushib qip-qizarib tovlanardi.
Endi buyog�i faqat
Sohibqironning irodasiga, uning g�azabi yoki rahm-shafqatiga
bog�liq edi. Ammo dunyoning to�rt tarafining zir-zir titratgan,
G�arbu Sharq hukmdorlariga o�zining marhamatini ayamay, ularni farzandi
qatoriga qo�yib, �o�g�illarim� deb murojaat qilishga ko�nikkan jahongir
bu lahza nimalar haqida o�ylayotganini hech kim bilmasdi.
Kutvol ham, jiybaxona
boshlig�i ham o�g�li tengi yigitlar edi. Ammo kutvol mardonalik
bilan qal�ani saqlashga uringan bo�lsa, jiybaxona boshlig�i xiyonat
bilan uni muxolifga ochib bergani ular o�rtasida bir ulug� jar hosil
qilganini o�ylagan Sohibqiron dunyoning g�alati ishlarini anglashga
urinarrdi. Mana, deyarli tengdosh yigitlar. Balki ular bir ko�chada
o�ynab ulg�ayishgan jo�ralardir, balki qilich chopqilashni birga
mashq qilishgan saboqdoshlardir. Ammo ular hozir bir-biriga dushman.
Kutvol o�zini mag�rur tutar, o�zini dushmanga sotgan jiybaxonachiiga
qayrilib ham qaramasdi. Jiybaxonachi bo�lsa, allaqachonlar tiriklik
nishonasini bildirmay munkayib yotardi. O�z qilmishini anglab pushaymon
bo�lganidan ajalni allaqachonlar bo�yniga olganidanmi yoki o�z xiyonati
bois marhamat kutib, uning o�rnida o�lim topayotgani tufayli qo�rquvdanmi
uning devor rangiga kirgan basharasi ma�nosiz, unda na g�azab, na
iltijo namoyon edi.
Hukmdor o�lim oldida
ham o�zini xo�rlashlariga qarshilik ko�rsatayotgan kutvolga qarab,
ikkilangandek bo�ldi. Keyin birdan sergak tortib, o�g�liga ko�z
qirini tashladi. U o�g�lining chehrasida ham ikkilanish alomatini
sezdi-yu, qarori qat�iylashdi. �Ikkilanish, bu bo�lajak mag�lubiyatdir�
- deb o�yladi Amir Temur. Agar u hozir ikkilanganini o�g�liga bildirib
qo�ysa, o�g�li saltanat va harbning har bir ishida ikkilanishi mumkin.
Bunga esa yo�l qo�yib bo�lmasdi. Unda saltanatda orom, dushmanlarda
qo�rquv, do�stlarda sadoqat, o�g�lida sobitlik qolmaydi. Illo, podshoh
bir tadbir qilishni oldindan qasd qildimi, har qanday sharoit va
vaziyatga qaramay, o�sha ishda qattiq turmog�i, to bitirmaguncha
undan qo�l tortmagani ma�qul. Agar bugun u ikkilansa ertaga o�g�li
ham ikkilanadi, sobitligi sinadi, oqibatda mamlakat bo�linadi. Ikkilangan
hukmdor baribir oxir-oqibat adashadi, so�ng ularga yaqin turganlar
ham adashadilar.
U bir paytlar,endi
saltanat izmi ilgiga o�tgan kunlarda piri yo�llagan maktubdagi muborak
so�zlarni esladi: �Mamlakat kufr bilan turishi mumkin, lekin zulm
bor yerda turolmaydi�. Xo�sh, undan shafqat tilash o�rniga o�limni
indamay kutayotgan kutvolni o�ldirish zulmmi, zulm emasmi?! �Zulm!�
- deb o�ziga javob berdi Sohibqiron. Ammo yana shu narsa ma�lumki,
kutvol yosh bo�lishiga qaramay, zulm yo�liga o�tgan. Sohibqiron
qon to�kilishiga yo�l qo�ymaslik niyatida o�z nishonini yuborib
taslim bo�lishni taklif qilganida, bu talabga rizolik bildirish
haqida maslahat solgan ikki-uch yuzboshini mashvaratning o�zidayoq
chopib tashlagan. La�nati jiybaxonachi, allaqachonlar ko�nglida
xiyonat fitnasini boshlagan jiybaxona boshlig�i ham o�sha yuzboshilarga
qilich peshlagan. Nodon kutvol xavf-xatarni unga oqilona maslahat
bergan yuzboshilardan emas, mana shu yonida turib qilich peshlagan
jiybaxonachidan kutish kerakligini bilmagan. Oqibatda o�rtada jang
sodir bo�ldi, necha yuz askar bekordan-bekor qurbon bo�ldi. Bu zulmmi,
zulm emasmi?! �Zulm!� - deb hukm chiqardi buyuk jahongir. Qolaversa,
yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytarish mumkinmi? U holda yaxshilikka
nima bilan javob qaytarish lozim. Yo�q, yomonlikka adolat,
yaxshilikka yaxshilik bilan javob qaytarmoq kerakdir. Aksincha bo�lsa,
xatodir.
Amir Temur yana
o�g�liga ko�z qirini tashladi. Uning yuzida hamon ikkilanish alomati
zohirligini sezdi va o�g�li unga qayrilib bir nima deyishga hozirlanganini
payqashi bilan ko�zini olib qochdi. Yo�q, o�g�li hozir nima demoqchiligini
u eshitmasligi kerak. Zero, hozircha bu ikki iqlimni ichiga olgan
cheksiz hududda va shu hududning markaziga aylangan yerda � u o�tirgan
makonda har bir narsa, har bir kimsaning taqdiri yolg�iz uning irodasiga,
uning qaroriga bog�liq. Shunday ekan, kecha yolg�iz o�zi bilgan
qaror, uni boshqalarning qulog�i eshitmagan bo�lsa-da, bugun amalga
oshmog�i shart.
Sohibqiron yuzida
bir daqiqa paydo bo�lib, o�sha lahza o�chgan ma�noni uqqan tovachi
jallodga �Boshla!� degandek qo�l siltadi. O�sha lahza jallodning
qizil damli oyboltasi kutvol boshi ustida yalt etdi-yu, kesilgan
bosh kundadan supaga, supadan pastga dumalab ketdi. Navbat jiybaxona
boshlig�iga yetdi. Yana jallod oyboltasini yerga tirab, bosh egib
izn kutdi. Tovachi hukmdor yuziga tikildi. Ammo Amir Temur yuzida
hukm ma�nosini ko�rmay, vujudi diqqatga aylandi.
Navbat jiybaxona
boshlig�iga yetdi-yu, jahongir dastlab kutvolni boshidan judo etganiga
o�kindi. Avval battol xoinni o�ldirish kerak edi. Illo, o�zini yog�iyga
sotgan xiyonatkorning o�limini kutvol ko�rishi kerak edi.
Jahongirning birdan g�azabi ko�pchib, tovachiga o�qraydi. Gap nimadaligini
anglolmagan bechora tovachining tizzalari bo�shashib, rang-ro�yi
ko�pikdek oqarib ketdi. Ha, kutvol bu la�natining o�limini ko�rishi
shart edi� Shart edi� Nega avval shu narsani o�ylamadi. Bu
kahza o�z ona yurti hifzida turgan qal�ani unga olib bergan jiybaxona
boshlig�i uning nazarida lunyodagi eng past, eng manfur kimsa edi.
O�limini kutib
yuztuban yotgan jiybaxonachining tanasiga jon kirgandek bo�ldi.
Kutvolning o�liminidan so�ng tamom bo�lgan xoin hukmdor o�yga botgan
vaqtni paysallash, deb Sohibqiron uni faqat qo�rqitish uchun kunda
yoniga olib keltirganligiga, aslida qilgan ishi uchun albatta marhamat
topajagiga ishona boshlagandi. U zo�rg�a ko�zlarini ochib hukmdorga
boqdi. Majol topib undan imdod tilamoqchi bo�ldi, ammo muzlab
qolgan lablarini qanchalik ochishga urinmasin, ocholmadi, faqat
qaqragan, qonga to�lgan bo�g�zidan nolaga o�zshash bir tovuch chiqdi.
Keyin hukmdorning o�ziga qahr bilan nafratomuz qarab turganini arang
ilg�adi-yu, murda nuqsi urgan basharasini yana yerga bosdi.
Amir Temur g�azab
bilan tovachiga baqirdi:
- Mochag�ar,
nimani kutyapsan, boshlamaysanmi?
Tovachining ishorasi
bilan jallod bir siltash bilan jiybaxona boshlig�ining majolsiz
gavdasini yerdan ko�tardi-da, ikki bukdi va boshini kunda
ustiga qo�ydi. O�sha zahoti mahkumning og�zidan ko�pik
oqib tusha boshladi. Jiybaxona boshlig�ining boshi ham kundadan
pastga dumalashi bilan hammaning qulog�i ko�nikib qolgan og�ir va
qo�rqinchli sukunat og�ushida maydon chetida bog�liq turgan
otlar yonida chalqancha yotgan cholning yuragidan otilib chiqqan
mungli faryod yangradi. Ammo bu faryod egasiga hech kim jur�at etib
qaray olmadi. Yolg�iz Amir Temur o�rnidan turib, qatl maydonini
tark etayotgan odamlar osha cholga uzoq tikildi. �Zulm!� - deb o�yladi
yana u. Shu o�y ongida yalt etgan zahotiyoq, shart orqasiga o�girildi.
O�shandan buyon cholni uchratmagan edi�
So�nib borayotgan
gulxan cho�g�larini qo�lidagi shox bilan titayotgan cholga ko�z
tashlab, bir lahzagina to�xtab qolgan sohibqiron qadamini tezlashtirdi.
Ortidan cholning qo�shig�i yetib kelardi:
Voy, o�g�lima,
voy o�g�lim,
Yigitlarning nobudi.
Qo�ldan qo�lga
o�tmadi
O�g�ilginam tobuti�
�Chol esdan og�gan!�
- deb o�yladi Amir Temur, ammo oldida durbosh ko�tarib borayotgan
qurchi �Voh� - deya yuztuban yiqilganini ko�rdi-yu, o�sha
zahoti cholni unutdi. Qal�a tomondan uchib kelgan to�qmor uchi qurchining
ko�ksini techib, kuragidan chiqib turardi. Jahongirning xavfsizligi
uchun javobgar ichkilar tezda uni turalar bikan to�sib olishdi.
Tuni bilan davom
etgan jang tong yorishgach, battar avj oldi. Kechasi qo�zg�algan
shamol va bir-ikki tomchilab o�tgan yomg�ir tinib, osmon shundayam
yarqirar ediki, bamisoli artilgan shishadek beg�ubor edi.
Osmonda bir hovuch bulut gam ko�rinmasdi. Yoz quyoshi shunday
mehr bilan odamlarga, chehcaklarga , dala-yu dashtlarga, yuksak
tog�larga o�z nurini sochardiki, bo�layotgan voqealar o�ngda emas,
tushda ko�rinayotgandek tuyulardi. Ammo har ikki tarafning
jangchilari buni sezishmas, ularning ko�zi bir-birlaridan uzilmas,
qo�llaridagi qilichu zulinlar tovushi, ko�laridagi g�azab,
dillaridagi qahr g�ubori ham osmonni, ham quyoshni to�sib olgan
edi. Toliqqan otlarning ham, odamlarning ham o�ngi tushga aylangan.
Ular butun dunyoni unutgan, go�yo yolg�iz o�limgina ularga hordiq
olish uchun imkon beradigandek.Tuni bilan sovutlar va dubulg�alar
aks etgan oy nuri so�nib, quyoshdan tushgan shuur qip-qizarib oqayotgan
daryoda tovlana boshladi. Uning suviga qon qo�shildi. U qal�a turgan
qoyadan oqib tushib, olis tog�lar tarafdan dalalarni yashnatish,
odamlar, gullar, bulbullar chanqog�ini qondirish uchun oqib tushayotgan
daryoga borib quyilar, ko�m-ko�k daryo bir-ikki farsang davomida
bu qonni hazm etolmay qiynalar� va oxiri qon rangini ichiga yutib,
yana o�zining azaliy yo�lidan olg�a talpinardi.
O�lim topgan jangchilar
qiynalmay jon berishar, o�lim ularga farog�atli uyqu bo�lib tuyular,
ular �o�layapman�deb emas, �uyqu bosyapti�, - degan xayolda ko�z
yumishardi. Ochiq qolgan ko�zlarda tip-tiniq osmon bilan bab-baravar
ko�pik sochayotgan otlar, qilich peshlagan suvoriylar, har ikki
tomondan uchib kelayotgan novaklaru nayzalar aks etardi. Bu
urush chizgan surat edi.
Tongdan o�tib qal�adagilarning
zaiflashgani sezildi. Zero, ular o�zlari uchun o�limdan boshqa yo�l
yo�qligini anglab, matonat bilan jang qilishar, biroq, erigan Temur
tog�i oqimi shiddat bilan to�xtashni bilmay, qal�a devorlariga
urilar, har urilganda yana ham balandlashardi. Oxiri bu oqim devorlardan
oshib, qal�a ichini to�ldirdi.
Jang tugadi.
Amir Temurga dushman qo�shinlari butunlay tor-mor qilinganini aytishdi.
Sohibqiron bu xabarni eshitar ekan, boshqa narsani o�ylardi. U benoqat
edi. U o�zi kutgan gapni eshitishni intiq kutar, ammo o�zi ochiqdan-ochiq
so�rashga yuragi betlamasdi. �Demak, o�g�lim�� Amir Temur ko�ksi
zirqirab og�ridi. U qurchilar boshlig�iga tikilib: �O�g�limni toping!�
deb buyurdi. Ammo qidirishlar bekor ketdi. O�g�lining na tirigi,
na o�ligi topildi. Amir Temur bu haqda xabar bergan yaqinlariga
darg�azab tikilar, ularni qayta-qayta qidirishga majbur qilardi.
Jahongir o�g�lini
jasur va o�ktam qilib tarbiyalagan edi. Qilich tutgan qo�li baquvvat
bo�lsin deb kecha-kunduz mashq qildirdi, yuragi qo�rquvni bilmasin
deb sher yuragini yedirdi, farosatli bo�lsin deb kitobga oshna qildi.
Yigirmaga chiqqan o�g�li o n yillab sohibqiron yurishlarida qatnashgan,
qilich chopqilashda chiniqqan tajribali jangchilar � bahodirlar
bilan bir safda turish huquqiga ega bo�ldi.
Amir Temur ichida
farzandini qanchalik suymasin, haligacha uning boshini silab erkalamagan.
Erkalash dilni buzadi deb hisoblardi. O�g�li ham shu paytgacha
otasiga biror marta kulib boqmagan, hamisha ko�zlarida olov chaqnab
turardi. Bu olov o�sha jang ko�rgan bahodirlar ko�zlaridagi olovdek
sovuq porlamasdi. Bu olov o�tli va yosh edi. Nahotki shunday o�g�li
dushman qo�lida xor bo�lgan bo�lsa? Nahotki?! Yo�q, u o�zini xor
qilishlariga yo�l qo�ymaydi. U yog�iy qo�lida xor bo�lishdan o�limni
afzal ko�radigan yigit. Zero u o�g�lini qal�ada qoldirib ketar ekan,
xayrlashish oldidan, shunday degandi: �Saltanatga da�vogarchilik
qilgan har bir kishi saltanat sha�ni va martabasiga loyiq ish tutishi
zarur. Mudom yodingda bo�lsinkim, bu yo�lda jangga kirib yo zafar
quchib g�olib bo�lg�aysan, yo o�ldirilg�aysan. O�limini bo�yniga
olgan kishigina bu yo�ldan yurmog�i mumkin�.
Amir Temur rahmatli
otasi, barloslarning ulug� amirlaridan biri bo�lmish Muhammad Tarag�ay
uni qanday tarbiyalagan bo�lsa o�g�lini o�sha ruhda: beshafqatlik,
mardlik va farosatlik, faqat shundan keyingina oqibatlik ruhida
voyaga yetkazdi. Oqibat Oqibat, otasining nazarida, yolg�iz mehr-shafqatdan,
shu bilan birga dilovarligu qattiqqo�llikdan tug�ilmog�i darkor.
U oqibatning inkori bo�lmish xiyonatni yomon ko�rardi. Qo�rqoqlikni
kechirsa kechirar. Ammo xiyonatchiga rahmdillik qilishni o�ylamas,
hatto bunday qilishni gunoh deb bilardi. Agar Amir Temur dunyoning
to�rt tomonidagi eng boy o�lkalarni zabt etib, ularning podshohlarini
o�ziga tobe etgan bo�lsa, bu sharafga shu dilovarligi va oqibatdorligi,
xiyonatga yo�l qo�ymagani sababli erishdi.
Amir Temur o�g�lida
uch hislat mujassam bo�lishini istardi. Eng avvalo, insonparvarlik,
so�ng tejamkorlik va nihoyzt bosiqlik. Insonparvar odamgina dovyurak
bo�lmog�i mumkin. Tejamkor bo�lgan odamgina saxiy bo�lishi mumkin.
Bosiq odamgina hukmdor bo�lishi mumkin. Kimki jasur bo�lsa-yu, insonparvar
bo�lmasa, tejamkor bo�lmasa-yu, saxiylik qilsa, dono bo�lsa-yu bosiqlik
qilmasa, unday odam o�zi bosh-qosh ishniyzm, o�ziniyam halok etadi.
Kimki, dushmani bilan olishgandayam insonparvarlikni unutmasa, u
albatta yengadi. Alloh taolo hamisha unga madad beradi, insonparvarlik
unga panoh bo�ladi.
U o�g�liga mamlakat
adolat, urush esa dilovarlik va ayyorlik bilan boshqarilishini,
mamlakatda ta�qiq qancha ko�p bo�lsa, avom shuncha qashshoqlanishi
mamkinligi, illo erkinlik va adolat bo�lsa avom, demak mamlakat
boy bo�lishini, qonun va buyruqlar qanchalik ko�paysa, adolatsizlik,
o�g�rilik va bebochlik shunchalar ko�payishi mumkinligini uqtirdi.
�O�g�lim, - deb aytardi rahmatlik otasi, - uzoqni ko�rolmagan hukmdor
yaqinidagi balolarga giriftor bo�ladi. Ammo yaqinni ko�rib
ish tutgan hukmdor ham xato yo�ldadir�. Amir Temur otasining bu
gapini o�g�liga aytar ekan, o�zidan qo�shib ushbuni uqtirgan
edi: Podshohlar hulqi bamisoli shamol, avomniki maysadir. Shamol
qay tarafga essa, maysa ham o�sha tomonga egiladi. Ammo podshoh
hech qachon o�z qudratining asosi mana sju avom ekanini unutmasligi
kerak.
Amir Temur tutab
yonayotgan, vayrona qal�aga kirmay daryoga yaqin yalanglikda chodir
tiktirdi. Sohibqiron o�zining oddiq jangchilari libosidan deyarli
farq qilmaydigan jangovar libosida, Damashqni olganda qo�lga kiritgan
oltin chiroqdan osilgan shohchodirda kunduz bo�rkli boshini eggan
ko�yi o�g�lidan darak kutardi. U kamdan-kam yolg�iz
qolar, shu boisdan har gal shu ahvolga tushganda dilini allaqanday
anglab bo�lmas og�riq qisa boshlardi. Hozir ham shu og�riq uyg�ondi-yu,
sohibqiron chuqur oh tortdi. U og�riq sababinii bilmas, bu esa og�riqni
yo�qotish chorasini topishga imkon bermasdi. Tuni bilan kechgan
jang tufayli uyqudan, hordiqdan qolgan jahongir ongida quyuq va
horg�in bir zulmat paydo bo�lgan, og�riq esa mana chu zulumot
ichida yonib turgan chiroqdek pirpirab, goh tovlanib turardi. To�satdan
tashqarida shovqin-suron ko�tarildi-yu, sergak tortdi. Ammo o�zini
tutib, bu shovqin-suronlardan xayolan uzoqlashish uchun ko�zini
yumdi. O�cha zahoti kechagi tushi o�ngida yalt etib namoyon bo�ldi.
Kumush shu�la og�ushida belanchak chayqalardi. Bu safar onasi
yo�q edi. Belanchak ham bo�m-bo�sh edi. �Og�lim, o�g�lonim��
� deya pichirladi Amir Temur. Ammo tashqaridagi shovqin tobora unga
yaqinlashib kelar, ortiq undan qochib bo�lmasdi�
Shu payt shoshilib
ichlariga nombardorlardan biri kirdi. Uning yuzida qo�rquv bor edi.
U gapni qanday boshlahni bilmay Sohibqiron qarshishiga kelib. Tiz
cho�kdi. Amir Temur nega nombardorlaru amirlar har galgidek rasm-rusmga
binoan o�z munosabatlaridan kelib chiqqan tartibda kirib kelmaganlari
haqida o�yladi-yu, huzuridagi nombardor ko�pchilik aytishga qo�rqqan
gapni unga yetkazishni bo�yniga olib kirganini angladi.
- So�yla,
- dedi sohibqiron.
- Onhazrat,
- dedi nombardor, - bir qoshiq qonimdan kechsangiz�
- Kechdim,
so�yla, - dedi Amir Temur.
- Onhazrat,
o�g�lingizning na tirigi, na o�ligi topildi. Qal�ani elakdan o�tkazdik,
ammo� - nombardor jim qildi. O�rtada jimlik cho�kdi. Bu jimlik cho�zilgan
sayin nombardorning qoo�rquvi oshib borar, bu qo�rquv yuragidan
qon tomirlari orqali vujudiga tarqalib, a�zoi-badanini shol etganday
bo�lardi.
- Shovqin-suronning
sababi nedir? � dedi boshini ko�tarmay Amir Temur.
Qo�rquv
daryosiga cho�kib borayotgan nombardor birdan hushyor tortib, bor
irodasini yig�ib, taqdir in�om qilgan xasga yopishdi:
- Qatl
etilgan jiybaxona boshlig�ining otasi sizning huzuringizga kiraman
deb shovqin ko�tardi. Qurchilar uni qo�l-oyog�ini bog�lab, daryoga
tashlamoqchi bo�ldilaru bu ishni ixtiyoringizsiz qilishga jur�at
topolmay to�xtadilar.
�Mana kim o�g�limga
nima bo�ganini menga aytib beradi?�- degan nogahoniy o�ydan o�rnidan
turib ketgan Amir Temurning vajohatini ko�rib nombardor hayot bilan
vidolashish muddati yetganini tushundi. Ammo Sohibqiron unga yaqinlashib,
yoqasidan ushlab dast ko�tardi-yu, qahrli ko�zlarini tikib, baqirdi:
- Tezroq
cholni huzurimga olib kiring!
Boyagina qo�rquvdan
qo�l-oyog�i bo�shashgan nombardor hukmdor yoqasini bo�shatishi bilan
shohchodirdan o�qday otilib chiqdi. Zum o�tmay, cholni olib kirdilar.
Chol hozirgina arqon siquvidan bo�shagan qo�llarini uqalab, qarshisida
o�tirgan Sohibqironga, ko�zlarini yashirmay, ochiqdan-ochiq razm
solardi. Ular bir-biriga uzoq tikildilar. Allaqachon o�z o�rinlarini
egallagan nombardorlaru amirlar �bu yog�i nima bo�larkin?� deganday
voqealar davomini kutardilar.
- So�yla,
kimsan? � deb birinchi og�iz ochdi nihoyat Amir Temur.
- Bandaman,
- dedi chol unga tik boqqancha.
- Kimning
bandasi? � deb so�radi yana Amir Temur.
- Hukmdorimning,
- dedi chol.
- Hukmdoring
kim?
- Alloh
taolo! � dedi chol.
Amir Temur cholning
javobiga ichida tahsin o�qidi. Bir lahzalik bu savol-javob uni ancha
tinchlantirgan edi.
- Ey
Alloh bandasi, - deya gap boshladi yana Amir Temur, - mening kimligimni
bilasanmi?
- Bilaman.
Sen ham Alloh bandasisan! � dedi chol.
- Inshoollo,
xudoning bandasi Amir Temurman, - dedi Sohibqiron.
- Amir
Temurligingni yaxshi bilaman.
Atrofdagilarning
butun vujudi quloqqa aylanib, hukmdor bilan chol musohabasini tinglashardi.
- Allohniing
mo�jizasi, Xudovandi karimning marhamatiga erishgan Amir Temurman,
- dedi sohibqiron har bir so�ziga alohida urg�u berib.
- Har
bir bandaning dunyoga kelishining o�zi Alloh mo�jizasi, Xudovandi
karimning marhamatidir, - dedi chol.
Amir Temur �rost
aytding� degandek bosh silkib, cholning so�zini ma�qulladi. Ammo
o�sha zahoti yodiga o�g�li tushdi-yu, lablari mahkam qisildi.
- O�g�limga
nima bo�lganini bilasanmi? � deb sekin so�radi Sohibqiron. Ammo
uning ovozini sukunat quchgan shohchodirda o�tirgan hamma eshitdi.
- Kecha
qal�ada bir yigitni qatl etdilar. Uning ko�z-qoshi senikiga o�xshardi.
O�sha yigit o�g�lingvi? � dedi chol savolga savol bilan.
- Sen
aytgan yigit o�g�limmi, o�g�lim emasmi, men hali bilmayman. U tirikmi,
o�likmi, bundan ham bexabarman, - dedi Amir Temur.
- Yigit
taxminan yigirma yoshda edi, - dedi chol.
- Ha,
o�g�lim yigirmaga chiqqan edi, - dedi Sohibqiron.
- Uni sening
kelishing arafasida tongda qatl etishdi, - dedi chol.
- O�sha yigitni
qanday o�ldirishdi, so�ylab ber, - dedi Amir Temur.
- Uni
qal�a o�rtasidagi maydonda qatl etishdi. O�sha sen mening o�g�limni
qatl etgan supada� - Chol bu gapni aytib to�xtadi. Amir Temur birdan
yolg�izlikda qiynab, ko�pchilik orasida uni tark etadigan og�riq
yana dilida uyg�onganini sezdi. Bu safar og�riq har safargidan kuchlioq
edi. U bor irodasini to�plab, dilidagi azob yuzida zohir bo�lmaslik
yo�lini tutdi. Choldan boshqa biror kishi jahonni qo�rquvda tutgan
inson dilida qanday azob uyg�onganligini sezmadi.
- Tong
mahali edi, - deb nihoyat gapini davom etdi chol. � Mashriqdan chiqqan
quyosh charaqlab tursa-da, hali mag�rib tomondagi oy botib ulgurmagan
edi.
- Uni
qanday o�ldirdilar? � deya toqatsizlandi Amir Temur.
-
Avval o�ng qo�lini yelkasi osha chopdilar�
- Ingradimi?
� deb so�radi Amir Temur.
- Yo�q,
oh degan tovush ham chiqarmadi.
- Mening
o�g�lim ekan! Dedi hayajonlangan Amir Temur.
- Keyin�keyin
chap qo�lini chopdiar, - dedi chol.
- Ingradimi?
- Yo�q,
miq etmay chidadi.
- Mening
o�g�lim ekan! � dedi Amir Temur.
- So�ng
yigitning o�ng oyog�ini chopdilar, - dedi chol, o�sha dahshatli
qatl manzarasini ko�z o�ngiga keltirish niyatida ko�zini yumgancha.
- Ingradimi?
- Yo�q.
Chidadi, ko�zudan bir tomchi yosh, bo�g�zidan bir un ham chiqmadi.
- Mening
o�g�lim ekan u! � dedi Amir Temur.
- Keyin
bechoraning chap oyog�ini chopdilar, - deb hikoyasini davom etdi
chol hamon ko�zini ochmay.
- Ingradimi?
� deb so�radi sohibqiron.
- Yo�q
ingramadi.
- Mening
o�g�lim ekan o�sha yigit! Mening o�g�lim! � dedi Amir Temur ko�zidagi
alam o�rnini g�urur egallab. � Keyinchi, keyin?..
- Keyinmi?..
� dedi chol mahzun ko�zlarini ochib, sohibqironga tikilar ekan,
- keyin yigitning ko�ksini tars yordilar-da, yuragini uzib oldilar!
- Ingradimi?
� dedi Amir Temur.
- Yo�q,
ingramadi. Faqat� - cholning tovushi hayajondan bo�g�ilgandek bo�ldi.
� Faqat yuragini uzib olganlari bilan, �Oh!� deb yubordi, - chol
ko�zlaridan oqqan yoshlarni gulxan qoraytirgan yengi bilan artar
ekan.
- Yo�q,
u mening o�g�lim emas ekan! � deb yubordi cholning so�nggi so�zini
eshitib o�rnidan turib ketgan Amir Temur.
Davradagilar
Sohibqiron so�zini eshitib, bir qalqib ketdilar. Amir Temur ularning
har birining ko�ziga tikilmoqchi bo�lgandek, davradagilarga bir
boshdan tikildi va o�ziga boqib turgan cholga navbat yetganda yana
takrorkadi:
- Yo�q,
u yigit mening o�g�lim emas!
Shu gapni
aytishi bilan sohibqironning ko�z o�ngini bir zum kumush yog�du
to�sdi. Kumush yog�du aro chayqalgan belanchakni ko�rdi. Biroq,
belanchak bo�sh edi. �O�g�lim!� � deya
tovushsiz o�rtandi jahongir�
Sohibqiron
qal�ani
buzib tashlashni,
cholga bo�lsa
nima tilasa o�shani
berib, o�zi
xohlagan manziliga yetkazib qo�yishni
buyurdi.
O�sha zahoti uning amri bajo keltirildi. Temir tog�i erib, yana
qal�a tomonga oqdi va bir pasda qal�adan nom-nishon qolmadi. Ertasi
kuni bu simobiy oqim daryo yoqalab mag�rib tomonga oqdi. Nima�lumlikdan
sarosimada qolib oromni unutgan olisdagi shaharu qishloqlar bu temir
oqim ularning qay birlari tomon burilishini bilmay, vahima bilan
ko�tardilar. Noma�lumlik sarhadi kamaygan sayin bu temir oqim ularga
shunchalik yaqinroq kelardi. Bu temir oqim chetlab o�tgan qishloqlaru
kentlarda bir pasda talvasa o�rnini farog�at, qo�rquv o�rnini xotirjamlik
egallardi. Kelinchaklar yig�ishtirilgan belanchaklarini yana daraxtga
ilardilar, yana alla aytib bolalarini uxlatib, dalaga hosil yig�ish
bilan ovora erlari uchun ovqat tayyorlashga urinishar, ayrim
uddaburonlari shu orada o�sma ezib, qoshlariga surish uchun ham
vat topardilar.
Chol esa Sohibqirondan
hech nima so�ramadi. U devorlari buzilib, yer bilan tekislangan
qal�a atrofini tark etmadi.Bir necha kundan so�ng Amir Temur to�satdan
cholni eslab, surishtirdi. Unga cholning qal�a yonida qolganini
aytdilar. Sohibqiron qo�shindan bir guruh ajratib, cholni o�z huzurifa
olib kelishlarini buyurdi. Guruh bir necha kun yo�l bosib, manzilga
yetib keldilaru chor-atrofni qidirib cholni topolmadilar. Jangchilar
chol daryo sohilida yangi paydo bo�lgan qabrda ko�milganidan bexabar
edilar. Uni ko�mgan podachilar esa sharqdagi tog� qoyalaridan pastga
olib tushgan podalarini haydab allaqachonlar olislab ketgan, ular
cholning Amir Temur va uning o�g�li haqidagi mahzun hikoyasini allaqachonlar
afsona qilib aytib borardilar�
Afsona mana shu
yerda yakunlanadi.
Vassalom.1990
����������� �������� �������� ������������: ��������� ���������� �� �����. ����������� �������� �������� ������������ � ������ on-line.
|